UEFA Belarus jamoalariga Rossiyada o‘ynashga ruxsat berdi

  • 18.09.2026 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarus futbol federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Andrey Vasilevich Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Belarus jamoalariga Rossiya o‘smirlar chempionatida ishtirok etishga ruxsat berganini ma’lum qildi.

- Haqiqatan ham ruxsat olindi. Endi Rossiya futbol ittifoqi bilan muzokaralar o‘tkazib, qaysi yosh toifalarida ishtirok etishimizni aniqlashimiz kerak. Bitta yosh toifasimi yoki uchtasimi — shu masalani hal qilamiz. Biz YUFLda ishtirok etishni xohlar edik, - deya Vasilevichning so‘zlarini TASS keltiradi.

2022 yil fevral oyining oxiridan buyon Rossiyaning barcha jamoalari, jumladan milliy terma jamoasi ham, dunyodagi siyosiy vaziyat sabab FIFA va UEFA qarorlari bilan xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

Shundan buyon Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda, Rossiya Premyer-ligasi klublari esa Yevropa musobaqalarida ishtirok etmayapti. Belarus klublari Yevropa turnirlarida betaraf maydonlarda o‘ynashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!