UEFA Finalissima qachon o‘tkazilishi e’lon qildi
Ispaniya va Argentina terma jamoalari ishtirok etadigan Finalissima bahsi 2026 yilning 27 mart kuni Qatar poytaxti Dohadagi "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Finalissima - Evropa va Amerikaning amaldagi chempionlari ishtirokidagi o‘yin. Argentina terma jamoasi 2024 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Ispanlar 2024 yilda Evropa chempioni bo‘lishdi.
O‘tgan 2022 yilgi finalda Argentina terma jamoasi Italiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Uchrashuv Angliyaning London shahridagi "Uembli" stadionida o‘tkazilgan edi.

Fikrlar