UEFA mutaxassisi va Aziz Haydarovning Andijonga tashrifi qanday o‘tdi?

  • 6 noyabr, 2020, 19:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, yaqinda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi UEFA bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu maqsadda UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurgandi.

Tecno

Bundan ko‘zlangan maqsad tajribali mutaxassis barcha viloyatlarga borib, joylardagi futbol bilan yaqindan tanishishi, yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, mavjud kamchiliklarni aniqlagan holda bu borada o‘zining tavsiya va yo‘nalishlari bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda Rojer Meyxri O‘FA vakillari xamrohligida Andijonga tashrif buyurdi. Qolaversa, terma jamoalar markazi rahbari Aziz Haydarov ham UEFA vakili bilan birgalikda viloyatdagi futbol bilan tanishdi. Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzod Karimov mehmonlarni joylardagi futbol bilan yaqindan tanishtirdi, o‘zaro fikr almashdilar. O‘z navbatida UEFA mutaxassisidan kerakli maslahatlarni ham oldilar. Bekzod Karimov esa ushbu tashrif borasida sports.uz uchun quyidagilarni ma’lum qildi:

-  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan UEFAning texnik direktori Rojer Meyxri, shuningdek, O‘FA murabbiylar markazining direktori Baxtiyor Dadamatov, texnik direktori lavozimiga qo‘yilishi kutilayotgan Sergey Arslonov, terma jamoalar markazi rahbari Aziz Haydarov kabi mutaxassislar Andijonga tashrif buyurdi, - deya gap boshladi Karimov. - Bundan asosiy maqsad bolalar futbolidagi mavjud kamchiliklar va muammolarni o‘rganish hamda ularni birgalikda bartaraf etish ko‘zda tutilgan. UEFAdan kelgan mutaxassis bilan qator masalalarda fikr almashdik.

afa

Andijonda dastlab, mahorat maktabiga tashrif buyurishdi. U erda 2007 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida Respublika musobaqasi o‘tkazilyapti. Rojer Meyxri ushbu musobaqani kuzatdi. Murabbiylar bilan gaplashdi. Ushbu akademiya qoshida tashkil qilingan “Andijon-2” jamoasida tarbiyalanuvchilar to‘p surayotgani va u erdan viloyatning bosh jamoasiga o‘tayotgan jarayonni ham bevosita kuzatdi. U erda qanday tizim yaratilganligi asnosida akademiyani to‘liq ko‘zdan kechirib chiqdi.

Respublikadagi eng kuchli uchta akademiyadan biri Andijonda joylashgani va u erda yaratilgan sharoitlarni ko‘rib ancha mamnun bo‘ldi.

afa4

Shundan so‘ng, bolalar-o‘smirlar futbol maktabini ko‘rdi. Kelajakda ham u erni mahorat maktabiga aylantirish bo‘yicha Vazirlar mahkamasining qarori chiqqan. Andijonda uchta mahorat maktabi qurilishi va ulardan bittasi o‘sha BO‘FMni mahorat maktabiga aylantirish bo‘yicha rejalar belgilangan. 2021 yilga ushbu reja amalga oshishi ko‘zda tutilgan. Mutaxassis BO‘FMning joylashuvini va mashg‘ulotlar uchun sharoitlar yaxshi ekanligiga e’tibor qaratdi. Shu bois u erda bitta sun’iy qoplamali maydon bilan yotoqxonalar  barpo etilsa, bu Andijon futboli uchun yanada foyda bo‘lishini ta’kidladi.

Undan keyin Xo‘jaoboddagi bolalar-o‘smirlar sport maktabidagi futbol guruhi bilan tanishdi. U erda ayollar futbol jamoasi bor. Rojer Meyxri tashrif davomida u erdagi futbolchi va murabbiylar bilan bevosita muloqotda bo‘ldi. Shu tariqa, uchta tizimni ko‘rsatdik. O‘z navbatida, biz ham o‘z taklifimizni berdik. Oldinlari tumanlarda bo‘lalar-o‘smirlar futbol maktablari bo‘lardi. 2016 yilda islohotlar bo‘lib, sport maktablarining tizimiga kirib ketgan. Endi rahbariyat bilan gaplashib yana o‘sha BO‘FMlar alohida tashkil qilinsa va mablag‘ ajratilsa, biz uchun ham futbol maktablari bilan ishlash yanada osonroq bo‘lardi. Chunki BO‘SMda  23 ta sport turi bor. Bunday paytda hammasiga bir xil munosabatda bo‘lish  oson emas. Ayni paytda viloyatimizda 29 ta futbol maydonlari bor. Biz jihozlar va musobaqalarga borib-kelish bo‘yicha sharoitlarni yanada yaxshilasak, bu yoshlarning o‘sishiga katta turtki beradi.

afa2

Bundan tashqari, viloyatimizda murabbiylar o‘qishiga bo‘lgan e’tibor hamda sharoit qandayligi bilan qiziqdi. Mahorat maktabi hamda BO‘FMda murabbiylar o‘qishi mavjud. Bu borada bizda hech qanaqa muammo yo‘q. UEFA mutaxassisi barcha viloyatlarga borib u erdagi muammolarni eshitmoqchi. Shundan kelib chiqqan holda futbolimiz rahbarlariga o‘z takliflarini beradi, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Bekzod Karimov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!