UEFA prezidenti Peresni ahmoqqa chiqardi
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin "Real" Madrid bosh murabbiyi Florentino Peresning Superliga tuzish to‘g‘risidagi taklifini keskin tanqid qildi.
“Men bu axmoqona reja haqida o‘qidim. Bu egoistik sxemani tasavvur qilish qiyin. Shubhasiz, bu butun dunyo bo‘ylab o‘yinchilar uchun ham, muxlislar uchun ham, futbolga aloqador insonlar uchun ham futbolning o‘limiga olib keladi. Bu bir nechta odamning manfaati yo‘lidagi narsa. Yaxshiyamki futbol olamida bunday ahmoqona g‘oyalarning amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydiganlar etarli. Bu shunchalik sun’iyki, kimdir bu haqda xatto tush ko‘rishiga ham ishonish qiyin”, - deydi Cheferin.
Eslatib o‘tamiz, Peresning fikricha Superliga 2 ta divizionda o‘tkaziladi. Ularning har birida 20 tadan jamoa ishtirok etadi. Eng qizig‘i, Superliga klublari o‘z milliy chempionatlarida ishtirok etishmaydi.
Fikrlar