
UEFA PSJni tekshiradi
UEFA PSJning moliyaviy ahvolini o‘rgana boshladi. L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tashkilot bir necha hafta oldin Parij klubiga bu borada "so‘rov" yuborgan.
Klub La Liga tomonidan berilgan shikoyatdan bir necha hafta oldin nazorat organlari diqqat e’tiboriga tushgan.
"So‘rov" klublarning moliyaviy nazorat organi - ICFC moliyaviy ekspertlari PSJ hisobotlaridagi raqamlarni o‘rganganidan so‘ng yuborilgan. O‘z navbatida UEFA bu borada boshqa klublarning vaziyatini ham o‘rganmoqda.
Fikrlar