
UEFA Superkubogi. PSJ "Tottenxem" ustidan penaltilar seriyasida zafar quchmoqda
UEFA Superkubogidan o‘rin olgan "Tottenxem" - PSJ o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa PSJ g‘alabani ilib ketdi. (Asosiy vaqt 2:2, penaltilar seriyasi 4:3)
Dastlab to‘qnashuvning 39-daqiqasida "shporlar" himoyachisi hisoblangan Van de Ven hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning avvalida esa jamoaning yana bir himoyachisi Kristian Romero oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Shunday bo‘lsa ham parijliklar qaytishga harakat qilgan holda, 85 daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Li Kan In oradagi farqni qisqartirdi. Bundan ilhom olgan Luis Enrike shogirdlari qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urdi. Bu gal Dembelening pasidan so‘ng Gonsalo Ramush hisobni tenglashtirdi.
Ushbu g‘alaba orqali Luis Enrike boshchiligidagi PSJ UEFA Superkubogida muvaffaqiyatga erishdi.
Fikrlar