UEFA Superkubogi. "Real" - "Ayntraxt": Matnli translyatsiya!
Evropa Superkubogi uchun "Real" va "Ayntraxt" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv boshlandi. Quyida mazkur o‘yindan matnli translyatsiya e’tiboringizga havola etiladi.

90+3. Tugadi. "Real" - Evropa Superkubogi g‘olibi. Yakuniy hisob 2:0.
90. Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
88. Gyottse o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.
84. Anchelotti o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Vinisius, Kroos va Karvaxal o‘rniga Sebalos, Chuameni va Ryudiger bahsga qo‘shildi.
80. Kroosning zarbasi noaniq ketdi.
78. "Real" ikkinchi goldan so‘ng yanada ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.
75. "Qirollik klubi"da Valverde o‘z o‘rnini Kamavingaga bo‘shatib berdi.
70. O‘zgarish. "Burgutlar" safida Ture o‘rniga Alario maydonga tushirildi.
66. O‘zgarish endi Madrid klubi tarkibida. Modrich o‘rniga Rodrigo o‘yinni yakunlab qo‘yadi.

65. GOOOOOOOOL! Karim Benzema "Real"ning ikkinchi golini urmoqda. Vinisiusdan assist!
64. Ansgar Knauff xavfli zarba yo‘lladi. Ammo Kurtuaga bu ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi.
61. Uxxx. Kazemironing zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
60. Maydonda harorat o‘ta oshib ketdi.
58.Frankfurtliklarda o‘zgarish. Rode va Lindstrom o‘z o‘rnini Kolo-Muani va Gyottsega bo‘shatib berdi.

54. Vinisiusning zarbasini "Ayntraxt" posboni Trapp bartaraf etdi.
52. Vinisius tezkorlik bilan raqib futbolchilarini aldashga urinib ko‘rdi. Biroq himoyachilar uni to‘xtatib qoldi.
49. "Real" o‘yinni o‘z nazorati ostida ushlab turibdi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
45+1. Ilk 45 daqiqalik yakuniga etdi. Hozircha hisob - 1:0, "Real" foydasiga.
45. Birinchi bo‘limga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
41. Benzemaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Burchakdan amalga oshirilgan ajoyib kombinatsiyani Davib Alaba golga aylantirdi.
37. GOOOOOOOL! "Real" uchrashuvda hisobni ochdi.
35. Jamoalar uzatmalarda kichik xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
32. To‘p uchun futbolchilar jiddiy kurash olib bormoqda.
29. Hammasi joyida. Uchrashuv davom etadi.
27. Karvaxal yana Kristofer Lants bilan to‘qnash keldi. Lants maydonga noqulay yiqildi.
24. Tibodan ikkinchi seyv.
22. "Burgutlar" maydonda raqibdan aslo qo‘rqmayapti. Germaniya jamoasi nomdor klubga qarshi kurash taklif qila olmoqda.
20. "Qaymoqranglilar" to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
17. Xavfli vaziyat! "Real" juda qulay imkoniyatdan gol ura olmadi. Aniqrog‘i, "Ayntraxt" himoyachilari qahramonlik ko‘rsatib, darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarib qoldi.
14. Daiti Kamada darvozabon Kurtua bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Ammo "Real" posboni yana jamoasini goldan qutqardi.

12. "Ayntraxt" futbolchisi Kurtua darvozasi tomon zarba berdi. Tibo o‘z o‘rnida. Shuningdek, bu vaziyatda ofsayd ham qayd etildi.
10. Karvaxal raqibiga nisbatan keskin harakat qildi. Hakam o‘yin qoidasi buzilganini qayd etdi.
7. "Real" burchak zarbasiga ega bo‘ldi. Ammo "qirollik klubi" vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
5. Vinisiusga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
1. Uchrashuv start oldi.
* UEFA superkubogi uchun jang boshlanmoqda, azizlar!
Fikrlar