UFC 245 da Usman, Xollouey va Nunes ijtirokida janglar bo‘ladi

UFC 14 dekabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 245 turnirida bir yo‘la uchta titul uchun janglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, mazkur turnirda yarim engil vazn toifasi chempionligi uchun Maks Xollouey va Aleksandr Volkanovski jang olib boradi. Yarim o‘rta dvizion chempioni Kamaru Usman Kolbi Kovingtonga qarshi baxs olib borsa, ayollar o‘rtasida ikki dvizion g‘olibasi Amanda Nunes Jermen de Randami bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!