
"UFC 251": Barcha janglar natijalari va eng e’tiborli vaziyatlar videosi (Matnli translyatsiya)
Barcha janglar:
Kamaru Usman - Xorxe Masvidal - 50 - 45, 50 - 45, 49 - 46
Aleksandr Volkanovski - Maks Xollouey - 48-47, 48-47, 48-47
Pyotr Yan - Joze Aldo (TKO, beshinchi raund)
Jessika Andrade - Rouz Namayunas - 28-29, 29-28, 28-29
Amanda Ribas - Peyj VanZant (TKO, birinchi raund)
Volkan Ozdemir - Irji Proxaska (KO, ikkinchi raund)
Elizeu Zaleleski - Muslim Salixov - 30-27, 28-29, 29-28.
Amirxani - Denni Xenri (TKO, birinchi raund)
Leonardo Santos - Roman Bogatov - 29-26, 29-26, 29-26.
Marchin Tibura - Maksim Grishin - 30-27, 30-27, 30-26.
Raulin Paiva - Jalgas Jumagulov - 29-28, 29-28, 29-28.
Karol Roza - Vanessa Melo - 30-26, 30-26, 30-27.
Martin Dey - Deyvi Grant - (KO, uchinchi raund)
Usman g‘alaba qozondi. Hakamlarning yakdil qarori bilan nigeriyalik jangchi kamarini himoya qildi.
Ushbu jang kechasining eng markaziy bellashuvi allaqachon boshlandi. Temp kosmosda!
Maks Xollouey ochkolar hisobiga Aleksandr Volkanovskiga mag‘lub bo‘ldi. Yarim engil vazn toifasida chempion nomi o‘zgarmaydi - Aleksandr Volkanovski.
Yarim engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechadigan revansh jangi boshlanmoqda.
Pyotr Yan eng engil vazn toifasida UFC chempioniga aylandi. 5-raundda Aldo hech narsa hila olmadi. Hakam jangni to‘xtatdi, texnik nokaut evaziga rossiyalik sportchi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi raundni Aldoning lou va middl kiklari qisman hal qildi. Braziliyalik jangchi ushbu raundda ko‘proq ustunlik qildi.
Birinchi raundning so‘ngida Pyotr Yan Aldoni parterga olib tushdi va to‘xtovsiz zarbalar berdi. Graund-paundlarni tanaffusga chalingan gong uzib qo‘ydi.
Pyotr Yan va Joze Aldo o‘rtasidagi jang boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.
Rouz Namayunas Jessika Andradega qarshi o‘tgan murosasiz jangda hakamlarning bahsli qarori bilan g‘alaba qozondi!
Jessika Andrade va Rouz Namayunas jangi boshlanmoqda.
Amanda Ribas qo‘lni og‘ritish usuliga olgan holda VanZantni mag‘lub etdi.
Amanda Ribas va Peyj VanZant jangi boshlandi.
Bugungi meyn-kard Abdulmanap Nurmagomedovning xotirasiga bag‘ishlanadigan bo‘ldi.
6:48: VAAAAAAUUUU! Proxaska Ozdemirni super nokautga uchratdi.
6:40: Volkan Ozdemir va Irji Proxaska o‘rtasidagi jang boshlanish arafasida.
6:30: Islam Salixov hakamlarning bahsli qaroaridan so‘ng g‘alaba qozondi: 30-27, 28-29, 29-28
6:17: Birinchi raund so‘ngida ikkala jangchi ham faollashdi. Biroq vaqt oz qolgan edi.
6:10: Dos Santos va Salixov o‘rtasidagi jang boshlandi.
5:55: Hozirgina start olgan Amirxani - Xenri to‘qnashuvida Makvan Amirxani raqibini bo‘g‘ib olish usuli bilan g‘alaba qozondi.
5:45: Leonardo Santos shu paytga qadar mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Bogatovni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag‘lub etdi: 29-26, 29-26, 29-26.
5:30: Bogatov ustunlikni qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Ammo braziliyalik raqibi uni o‘ng qo‘l zarbalari orqali masofada ushlab turibdi.
5:15: Shu bilan prelimoldi janglar o‘z yakuniga etdi. Navbat prelim janglarga. Dastlabki bellashuv Leonardo Santos va Roman Bogatov o‘rtasida kechadi.
5:10: To‘rtinchi jangda Marchin Tibura hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarorlari bilan g‘alabaga erishdi: 30-27, 30-27, 30-26
4:40: Ushbu jangda braziliyalik Paiva ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.
4:25: Uchinchi jangda Raulian Payva hamda Jalgas Jumagulov bahs olib bormoqda.
4:19: Ikkinchi jangda Karol Roza Vanessa Meloni ochkolar hisobiga taslim etdi.
4:15: Dastlabki jangda Deyvi Grant Martin Deyni 3-raund so‘ngida nokautga uchratdi.
4:10: "UFC 251" turniridan o‘rin olgan dastlabki janglar boshlanib ulgurdi.
Eslatma: Matnli translyatsiyani tezkorlik bilan kuzatib borish uchun yuqoridagi "Yangilash" tugmasini har 2-3 daqiqada bosib turish tavsiya etiladi.
Fikrlar