UFC 280. "And Neeeeew" Islam Maxachev Oliveyrani bo‘g‘ib qo‘ydi
Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 280" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Birozdan so‘ng, ushbu kechadan o‘rin olgan janglar start oladi. Ushbu to‘qnashuvlarni siz bilan Jaloliddin Qobiljonov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.
01:56. Bizni kuzatib borganingiz uchun katta rahmat!
01:53. "AND NEEEEEEWW" Islam Mahachevvv! Maxachev ikkinchi raundda raqibini sabmishn evaziga mag‘lub etib, engil vaznda yangi chempionga aylandi.
01:50. Birinchi raund yakunlandi. Islom parterda raqibni nazorat qildi.
01:43. Birinchi raund boshlandi!
01:40. Ikk sportchi ham oktagonga ko‘tarildi. Endi navbat Bryus Bafferga!
01:35. Islam Maxachev oktagonga ko‘tarildi. Navbat Charlz Oliveyraga.
01:25. Tayyormisiz? Kechaning markaziy jangiga etib keldik.
01:20. Jang ikkinchi raundda yakunlandi. Sterling qiyinchiliksiz o‘z kamarini himoya qildi. Dillashou esa bugun Aljameynga qarshilik qila olmadi. Texnik nokaut. Birinchi raundda Dillashouning elkasi jarohat oldi va u chap qo‘lini ishlatishda muammolarga duch keldi.
00:52. Kamarlar uchun janglar boshlanmoqda. O‘ta engil vazn toifasida chempion Aljameyn Sterling Ti Jey Dillashouga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
00:46. AJOYIIIIB JANG! Sportchilar dahshatli raundni bizga tuhfa etdi. To‘liq 3 raund davom etgan jangda O'Melli hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
00:40. Ikkinchi raund teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkisi ham kuchli zarbalar almashuvini bajardi.
00:33. Birinchi raundni Pyotr Yan kichik ustunlikda o‘tkazdi. Ikkinchi raundni kuzatamiz.
00:15. Navbat Shon O'Melli va Pyotr Yan jangiga!
00:12. Dariush va Gamrot jangi ham to‘liq 3 raund davom etdi. Keskin kurashlar ostida hakamlar qaroriga ko‘ra, Beniel Dariush g‘alaba qozondi.
00:04. Ikkinchi raund to‘liq Dariush ustunligida o‘tdi. Beneil raqibga kuchli qo‘l va oyoq zarbalarini tuhfa etdi.
23:57. Sportchilar birinchi raundni yuqori tempda yakunlashdi. Ikkisi ham bo‘sh kelmayapti.
23:45. Birozdan so‘ng engil vazn toifasida Dariush va Gamrot o‘rtasidagi bahs boshlanadi.
23:39. To‘liq 3 raund davom etgan jangda Firot hakamlar qaroriga ko‘ra Chukagianni mag‘lubiyatga uchratdi.
23:15. Asosiy kardni Chukagian va Fiorot jangi ochib beradi.
22:52. Bilol Muhammad ikkinchi raundda ketma-ket kuchli zarbalardan keyin Shon Bredini texnik nokautga uchratdi.
22:34. Prelim-karddan o‘rin olgan so‘nggi jang boshlanmoqda. Muhammad Bilol Shon Brediga qarshi jang qiladi.
22:32. To‘liq davom etgan jangda Muradov hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi. Boshni baland ko‘tar, o‘zbek o‘g‘loni!
22:25. Hal qiluvchi raund boshlandi.
22:24. Ikkinchi raund ham asosan parterda o‘tdi. Uchinchi raund hammasini hal qiladi. Olg‘a, Mahmud!
22:19. Ikkinchi raundga start berildi.
22:18. Dastlabki raund teng kurashlar ostida o‘tdi. Raundning ikkinchi yarmi Muradov ustunligida o‘tdi.
22:14. Birinchi raund boshlandi.
22:08. Hamyurtimizga bugun braziliyalik Kayo Boralo raqiblik qiladi.
22:06. NAVBAT MAHMUD MURADOV IShTIROKIDAGI JANGGA!
22:05. To‘liq davom etgan jangda Nikita Krilov hakamlarning qaroriga ko‘ra turkiyalik Ozdemirni mag‘lubiyatga uchratdi.
21:41. Prelim-kardning navbatdagi jangi boshlanish arafasida. Yarim og‘ir vazn toifasidagi Volkan Ozdemir ukrainalik sportchi Nikita Krilovga qarshi bahs olib boradi.
21:38. Abubakar Nurmagomedov va Gadji Omargadjiev jangi to‘liq uch raund davom etdi. Unda Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.
21:11. Navbatdagi jangda rossiyalik ikki sportchi Abubakar Nurmagomedov va Gadji Omargadjiev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jangchilar oktagonga ko‘tarilyapti.
21:10. Petrosyan va Dobson jangi to‘liq 3 raund davom etdi. Ushbu jangda armanistonlik sportchi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
20:55. Armen Petrosyan so‘nggi jangida Mahmud Murodovning bugungi raqibi Kayoga mag‘lub bo‘lgandi.
20:45. Navbatdagi jang o‘rta vazn toifasida bo‘ladi. Armen Petrosyan Jey Dobsonga qarshi kurashadi.
20:38. Uchinchi raundning so‘nggi daqiqasida Muhammad Mokaev og‘ritish usuli bilan Malkolm Gordonni mag‘lubiyatga uchratdi.
20:32. Ikkinchi raundda Gordon vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi. So‘nggi soniyalarda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi, gong yangrab qoldi.
20:26. Birinchi raund Mokaevning to‘liq parterdagi ustunligida o‘tdi. Gordon hozircha hech narsa qila olmayapti.
20:13. Navbatdagi juftlik super engil vazn toifasidagi Muhammad Mokaev va Malkolm Gordon oktagonga taklif etiladi.
20:10. To‘liq davom etgan jangda braziliyalik Rosa hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
19:49. Kechaning dastlabki jangi boshlanish arafasida. Ayollar o‘rtasida o‘ta engil vazn toifasidagi Rosa va Lansberg oktagonga ko‘tarildi.
Fikrlar