"UFC 323" turnirida Pyotr Yan g‘alaba qozonadami yoki Merab Dvalishvili?

  • 03.12.2025 23:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 7 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 323" turniri bo‘lib o‘tadi. Oqshomning markaziy jangida o‘ta engil vaznda amaldagi chempion Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Ushbu bahs oldidan UFC yulduzlari o‘z prognozlarini bildirdi. 

Ian Garri: "Menimcha, Yan Merabni to‘xtata olmaydi. Biroq gruzin janglarni finish qilishni boshlashi kerak, shunda u o‘zini eng buyuk jangchilardan biri sifatida ko‘rsata oladi."

Jek Della Maddalena: "Menga Pyotrning uslubi yoqadi, lekin Dvalishvilining uslubi hozir boshqa darajada. Uning chidamliligi va tinimsiz bosimi asosiy rol o‘ynaydi."

Aleksandr Topuriya: "Agar siz mendan mahorat va uslub o‘rtasidagi farqni so‘rasangiz, bu jang Merabniki, deb javob beraman!"

Arman Tsarukyan: "Pyotr Yan - eski do‘stim. O‘ylashimcha, u hakamlar qarori bilan g‘alaba qozonadi."

Karlos Prates: "Menimcha, Merab g‘alaba qozonadi. Ha, u chempion - u hammani mag‘lub etadi."

Bo Nikal: "Bu ajoyib jang bo‘ladi. Biroq Dvalishvilining uslubiga qarshi uslub topmaguncha, uni engib bo‘lmaydi."

Leon Edvards: "Menimcha, Merab hozir juda kuchli."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!