"UFC 332" atrofida katta janjal: "Bunday jang titul uchun bo‘lmasligi kerak"
Dunyoning eng kuchli ligasi "UFC 332" turniri uchun titul jangini tashkil eta olmaganidan so‘ng, Valentina Shevchenkoni super engil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum qilib, vakant unvon uchun braziliyalik Natalya Silva va xitoylik Van Kong bellashishini tasdiqladi.
Biroq ushbu vaziyatni UFC sobiq jangchisi Brendan Shaub keskin tanqid qildi.
"Silva va Van to‘qnashuvi shunchaki halokat. Hech qanday bema’nilik va mubolagasiz, bu UFC tarixidagi eng yomon markaziy jangdir. Balki UFC tarixidagi emas, MMA tarixidagi eng yomonidir. Kong umuman unvon uchun kurashmasligi kerak. Bunga ancha loyiq bo‘lgan boshqa bir nechta qizlar bor, ammo UFC tom ma’noda shunday demoqda: "Muxlislar baribir hech narsa qilmaydi. Nima berishsa yeyaveradi!" – dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 332" turniri 4 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida bo‘lib o‘tadi va uning ikkinchi markaziy jangida Deyveson Figeredo va Peyton Talbott o‘zaro kurash olib boradi.

Fikrlar