UFC chempioni oktagonga qaytish vaqtini e'lon qildi

  • 27.08.2026 13:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Karlos Ulberg chexiyalik Irji Prohazka bilan chempionlik jangida tizzasidan jarohat olgandi. Shundan so‘ng Yangi Zelandiya vakili operatsiya qilindi va hozir tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda.

"Albatta, chetda o‘tirib, boshqa yigitlarning chiqishlarini tomosha qilish juda yomon. Men hali ham zalga borib, reabilitatsiya bilan shug‘ullanyapman. Albatta, to‘laqonli mashq qilishni, sparring-sheriklarim bilan ishlashni xohlar edim, biroq hozircha bunga biroz erta. Rejaga ko‘ra, kelgusi yil boshida oktagonga qaytib, kamarimni himoya qilmoqchiman", - dedi yangi zelandiyalik Shanxaydagi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Ulberg yo‘qligida promoushen yarim og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini joriy etishi mumkin. Ko‘plab nashrlar mazkur unvonga da’vogarlar sifatida Irji Prohazka va Paulo Kostani ko‘rsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!