UFC chempioni Xolandni “jang”ga chaqirdi!

  • 23.10.2025 06:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Og‘ir vazn toifasida UFC chempionlik kamariga egalik qiluvchi Tom Aspinall “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland bilan birga mashg‘ulot o‘tash istagi borligini bildirdi.

- “Manchester Siti” futbolchilaridan Erling Xoland bilan mashq qilish istagim bor. U juda zo‘r o‘yinchi. Nima, sizlar Jeyms Trafford nomini aytishimni kutganmidinglar?, - dedi britaniyalik aralash jang san’atlari ustasi TNT Sports jurnalistlariga bergan intervyusida.

Norvegiyalik Erling Xoland 2022 yilning yozidan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Tinimsiz to‘p kiritayotgan 25 yoshli futbolchi to‘purarlik borasida qator rekordlarni yangilamoqda.

Xoland Angliya Premer-ligasiga kelgunga qadar, o‘z yurtida “Brune” va “Molde”, Avstriyada “Zaltsburg”, Germaniyada “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!