UFC Kayla Harrison va Amanda Nunyеs oʻrtasidagi jangni saqlab qoldi
Xabaringiz bor, biroz avval amerikalik Kayla Harrison bo‘ynidan jarohat olgani bois "UFC 324" turnirida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgandik.
Shundan so‘ng, zahira jangchisi sifatida braziliyalik Norma Dyumont hamyurti Amanda Nunesga qarshi oktagonga ko‘tarilish taklifini berdi. Biroq UFC rahbariyati mazkur taklifni rad etdi va Harrison hamda Nunes o‘rtasidagi to‘qnashuvni boshqa sanaga ko‘chirdi. Bu haqida "CBS Sports" ma’lum qilmoqda. Xabarlar ko‘ra, ushbu bahs 2026 yilning oxirida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Harrison tez orada umurtqa po‘gonasining bo‘yin qismidagi disk churrasini olib tashlash uchun operatsiya qilinadi.
Fikrlar