UFC oktyabr oyining eng yaxshi jangini e’lon qildi
UFC matbuot xizmati 5 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan Irji Proxazka va Xalil Rauntri o‘rtasidagi jangni oktyabr oyining eng yaxshi to‘qnashuvi deb e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qarama-qarshilikda Proxazka 3-raundda apperekot zarbasi bilan Rauntrini nokautga uchratgan edi.

Bu g‘alaba chexiyalikning professional faoliyatidagi o‘ttiz ikkinchisi bo‘ldi. Uning hisobida, shuningdek, 5 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor. Amerikalik esa sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning faoliyatida 15 g‘alaba va 1 ta bekor qilingan jang mavjud.
Fikrlar