
UFC prezidenti Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishini aytdi
UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishini aytdi.
"Hozir menda unga hech qanday taklif yo‘q, sabibi u tayyor emas. Yozda hammasi o‘zgarishi mumkin. Ko‘ramiz, u qachon jang o‘tkazishga tayyor bo‘larkin. Shifokor unga 100 foizlik rozilik berganida, biz ehtimoliy raqiblarni izlay boshlaymiz.
Agar barchasi ijobiy bo‘lsa, biz uni kuzda qaytishini kutyapmiz. Uning oyog‘i yaxshi tuzalib, to‘liq mashq qilish uchun ruxsat olsa, ehtimol kuzning boshida qaytadi", - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2021 yildan buyon jang o‘tkazmayapti. U UFC 264 turnirida jarohat olgandi.
Fikrlar