UFC sobiq chempioni diplomini muvaffaqiyatli himoya qildi

  • 11 iyun, 13:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Irji Proxazka 1919 yilda tashkil etilgan, Chexiyaning Brno shahrida joylashgan va to‘qqiz fakultetni o‘z ichiga olgan Masarikov universitetida diplomini muvaffaqiyatli himoya qilgani haqida xabar qoldirdi.

Tecno

"Diplom ishi himoyasi tugallandi. Endi to‘liq e’tibor ikki haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadigan davlat yakuniy imtihonlariga qaratiladi" - deb yozdi chexiyalik X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, universitetdagi o‘qishi sabab Proxazka 29 iyun kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan "UFC 317" turnirida ishtirok etishdan bosh tortgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!