UFC sobiq chempioni: "Islom Maxachev hali ham Xabib Nurmagomedovning soyasida qolmoqda"
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Tayron Vudli rossiyalik Islom Maxachev haqida gapirdi.
"Maxachev hali ham Xabibning soyasida. Islom degan ismni eshitganimda, Xabibni ko‘z oldimga keltiraman, xolos. To‘g‘ri, Maxachev yarim o‘rta vazndagi birinchi jangidayoq Della Maddalenani engdi. Biroq bu hali ham etarli emas", - dedi amerikalik "WoodsBetting" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 322" turnirida Maxachev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Maddalena ustidan zafar quchib, 77 kg da chempionga aylandi.



Fikrlar