UFC sobiq chempioni sud jarayoni oldidan psixiatriya tekshiruvidan o‘tadi
UFC sobiq chempioni Bi Jey Penn sud ishlarini davom ettirishdan avval psixiatriya baholovidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Sudya Piter Kubota 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda jangchining ruhiy holatiga shubha bildirgani sababli ishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda "MMA Fighting" nashri xabar bermoqda.
Pennning ruhiy holatini baholash Gavayidagi kattalar uchun mo‘ljallangan ruhiy salomatlik bo‘limida o‘tkaziladi. Keyingi sud majlisi 2025 yil 9 yanvarga belgilangan.
Agar psixiatr Pennni sud jarayonini tushunishga yoki o‘z himoyasida ishtirok etishga layoqatsiz deb topsa, sud jangchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqida tavsiya berishi mumkin.
Tekshiruv Penn rozi bo‘lmagan taqdirda ham majburan o‘tkaziladi.
Fikrlar