UFC sobiq jangchisi o‘qqa tutildi!
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) UFC sobiq jangchisi va maxsus kuchlar faxriysi Tim Kennedining yaralangani haqidagi xabarlar 8 oktyabrdan beri matbuotda faol muhokama qilinmoqda, biroq hozircha AQSh yoki KDR rasmiylaridan biror xabar yo‘q.
Ba'zi norasmiy manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, hodisa 2026 yil 17 sentabrda sodir bo‘lgan. Kennedi pistirmaga tushib qolgan. U kuchli o‘qqa tutilgan uch kishilik guruhning bir qismi edi.
Xabar qilinishicha, Tim oyoğıga uchta o‘q qabul qilib olgan. Kennedini evakuatsiya qilish taxminan sakkiz soat davom etgan, shundan so‘ng u davolanish uchun AQShga olib ketilgan. Uning ahvoli barqaror deya ma'lum qilinmoqda.

Fikrlar