UFC sobiq jangchisi: “Yarim og‘ir vaznda Aleks Perreyra bilan raqobat qila oladigan birgina jangchi bor!"

  • 11.10.2025 20:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik UFC sobiq jangchisi Ruslan Magomedov yarim og‘ir vaznda (93 kg) amaldagi UFC chempioni Aleks Perreyraga munosib raqib topdi.

Tecno

“Perreyraga yarim og‘ir vaznda jiddiy raqobat ko‘rsata oladigan yagona jangchi - Xamzat ChImaev. Drikus dyu Plessi ham jismonan Aleksdan kam emas, biroq baribir braziliyalik nisbatan xavfliroq. Chimaev esa bosim bilan harakat qilib, Perreyrani bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozonishi mumkin. Ammo Aleks bilan tik turib jang qilish halokatli yakunlanishi aniq”, — dedi Magomedov "MMA.Metaratings.ru" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Perreyra "UFC 320" turnirida Magomed Ankalaevga qarshi  revansh o‘tkazib, 1-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi va yarim og‘ir vazndagi kamarni qaytarib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!