UFC yulduzi falajga uchrashiga bir bahia qoldi!

  • 21.01.2026 09:40
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, amerikalik Kayla Harrison va braziliyalik Amanda Nunyес oʻrtasidagi chempionlik jangi 24 yanvar kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtishi kerak edi. Biroq Kayla boʻyin umurtqasidagi jarohat sabab bahsdan yechilgandi. Bugun taniqli menejer Ali Abdel-Aziz Harrisonning jarohati sportchiga jiddiy xavf tugʻdirganini oshkor qildi.

"Kayla hatto qoʻlini ham koʻtara olmadi. Unga ukol qilishdi, bir dunyo dori berishdi, ammo hech narsa yordam bermadi. Keyin UFC uni Nyu-Yorkka joʻnatdi va shifokorlar sporchini darhol operatsiya qilish kerakligini aytdi... Agar operatsiya oʻtkazilmaganida, Harrison falajga uchrashi mumkin edi", - dedi menejer.

Shuningdek, Abdel-Azizning soʻzlariga koʻra, boʻyin jarohati Kaylani uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan surunkali muammo hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!