UFCning TOP jangchisi Toni Fergyusonni zaif ekanligini aytdi

  • 27.09.2023 14:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA

UFCning yarim o‘rta vazn toifasidagi TOP jangchilaridan biri Belal Muhammad (23-3-1 NC) Toni Fergyuson (25-9) Peddi Pimblett (20-3) bilan to‘qnash kelishi haqidagi xabarga javob qaytardi.

“Menimcha, UFC Toni Fergyusonni ko‘rishni istamaydi. Toni shunday chuqurga tushib qolganki, unga faoliyatini tugatishni aytishgan va u rad etgan. Toni oltita janglik mag‘lubiyatda, Peddi esa oltita jangdan iborat g‘alabali seriyada kelmoqda. Toni hali ham g‘alaba qozonishi mumkin, ammo so‘nggi bir necha janglarida u shunchaki zaif ko‘rindi. U juda sekin edi, jag‘i ham unchalik kuchli emasdi”, — dedi Muhammad.

Eslatib o‘tamiz, Fergyuson va Pimblett o‘rtasidagi jang “UFC 296” doirasida 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:52
https://r.honeygain.me/BUXG911C26