Ugarte "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin: bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugarte yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
25 yoshli urugvaylik futbolchi hozirda asosiy tarkibdan kam joy olayotgani sababli jamoani o'zgartirish ehtimoli yuqori deb baholanmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, Ugartega bir nechta yirik klublar qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida Italiya ning "Yuventus" va "Milan", Ispaniyaning "Atletiko", Angliyadan "Nyukasl" hamda Turkiyaning "Galatasaray" klublari bor.
Futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 30 million evroni tashkil qiladi. U 2024 yil yozida PSJdan 50 million evro evaziga "Manchester Yunayted" safiga o'tgan edi.
Fikrlar