Uilfrid Mbappe: Kilian uydan chiqib, shu bilan qaytib kelmadi

  • 23.02.2026 05:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening otasi Uilfrid o‘g‘li mahoratli futbolchi bo‘lish uchun qanday sinov va qiyinchiliklarni engib o‘tishiga to‘g‘ri kelgani haqida gapirdi.

- Sizlar o‘g‘li futbol o‘ynayotgan ota-onalarning bu yo‘lda qanday qurbonliklarga tayyor bo‘lishi haqida ko‘p gapirasizlar. Men Kilian 12-13 yoshida uydan ketganini ko‘rganman. Odamlar buni to‘liq anglay olmaydi.

Shunday narsalar borki, biz ularning o‘rnini hech qachon hech nima bilan qoplay olmaymiz. Ko‘p narsalarni boy berib bo‘lganmiz. Bizning tengqurlar 13-14 yoshida farzandidan uzoqlashishga ko‘narmidi? Yo‘q, hech kim bunday qilmasdi.

Hech bir ota-ona “O‘g‘lim 13 yoshida uydan chiqib ketdi va qaytib kelmadi”, deolmaydi. Biz esa, buni boshimizdan o‘tkazdik. Buni hozirgi ota-onalarga aytsak, ular bu hissiyotlarni tushunmayapti, - dedi Uilfrid Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!