
Uilyams bilan kelisha olmayotgan "Barsa", "Liverpul" yulduziga qiziqmoqda
"Barselona" hali ham Niko Uilyams bilan bog‘liq muammolar fonida "Liverpul" futbolchisi Luis Diasni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq, klub va "Atletik" vingeri Uilyamsning agenti o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi kunlarda boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida xabar berilgandi. Futbolchi shartnomada La Ligaga ro‘yxatdan o‘tish uchun kafolat talab qilmoqda, kataloniyaliklar esa, uning shartidan norozi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda "Barsa" hamon klub sport direktori Dekuning birinchi tanlovi bo‘lgan Luis Diasga qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" vingeri Nikodan kattaroq, ammo u universalroq, chunki Dias "to‘qqizlik" pozitsiyasida o‘ynay oladi. Bundan tashqari, Luis muhim o‘yinlardada katta tajribaga ega.
Muammo shundaki, "Liverpul" "blaugrana" bilan muzokaraga kirishishni istamadi va kolumbiyalik futbolchining agenti klubga etarlicha bosim o‘tkaza olmagan.
Fikrlar