
Uimbldon: Novak Jokovich va Rojer Federer bugun o‘zaro 50-o‘yinini o‘tkazadi
Bugun London shahrida o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turkumidagi "Uimbldon" turnirining erkaklar o‘rtasigi bahslarda g‘olib nomi aniqlanadi.
Mazkur final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovich va shveytsariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi. Ular ayni damda ATR reytingining birinchi va ikkinchi pog‘onasidan joy olib turishibdi.
Novak va Rojer shu kunga qadar 49 marotaba to‘qnash kelgan bo‘lib, ushbu o‘yinlarning 27 tasida Jokovich g‘alaba qozongan bo‘lsa, 22 marta Federerning qo‘li baland kelgan. Ular so‘nggi bora 2018 yilning 3 noyabr kuni Frantsiya poytaxtida o‘tgan "BNP Paribas Masters - Paris" musobaqasining yarim finalida kuch sinashishgan. Unda Novak 7-6, 5-7, 7-6 hisobida zafar quchgan.
Bugun Novak va Rojer o‘zaro 50-marotaba to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar