Ular ketadi! Mourin'yo “Real”da ikki futbolchi kelajagiga nuqta qo'ydi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoadagi tarkibni ishining dastlabki oylaridayoq to‘liq o‘rganib chiqdi va ikki futbolchidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqida Sport.es The Athletic nashriga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabon Andrey Lunin va himoyachi Raul Asensio portugalialik mutaxassisning joriy mavsum uchun rejalariga kirmaydi. Hozirgacha bu futbolchilarning hech biri maydonda bir daqiqa ham o‘ynamagan.
Asensioning maoshi uni boshqa klubga sotishni qiyinlashtirayotgan asosiy omil ekani ta’kidlanmoqda. Mourinyu himoyachi operatsiyadan keyin tiklanayotganda uni ochiq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, unga tayanmasligini bildirgan.
Portugalialik murabbiy Lunini Tibo Kurtuaning kelajakdagi o‘rinbosari sifatida ham, zahira darvozaboni sifatida ham ko‘rmayapti. «Real» bosh murabbiyi qishda yangi futbolchilarni jalb qilishni istamoqda. Buning uchun jamoada foydalanilmayotgan futbolchilarni sotish talab etiladi. Lunin va Asensioning klubdan ketish ehtimoli yuqori, biroq ularning shartnomalari yaqinda uzaytirilgani va maoshlari kattaligi vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Fikrlar