Ular "Manchester Siti"ga kerak emasmi?
“Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero va yarim himoyachi Fernandinoning jamoadagi taqdiri hamon so‘roq ostida qolmoqda.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati yozda shartnomasi yakunlanadigan ushbu ikki futbolchiga haligacha yangi taklif yubormagan.
32 yoshli Aguero joriy mavsum APLda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. 35 yoshli Fernandino esa 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar