Ular uchun karantin boshqalardan ko‘ra ertaroq boshlangan...

  • 26 aprel, 2020, 19:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahonning aksariyat mamlakatlarida taxminan mart oyining o‘rtalarida o‘z hududlarida karantin e’lon qilganidan barchaning xabari bor. Biroq shunday futbolchilar ham borki, ular karantinga boshqalardan ko‘ra ertaroq chiqishga majbur bo‘lganlar. Quyida mana shunday ijrochilar haqida gap ketadi.

Tecno

Pol Pogba («Manchester Yunayted»)

«Qizil iblislar» jamoasining frantsiyalik yarim himoyachisi dastlab mavsum avvalida jarohatga yo‘liqqandi. Keyin 2019 yil oxiri va 2020 yil boshida uni yana boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘in qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Pogbaning tiklanishi uchun bir necha hafta kerak bo‘ldi. Biroq Pol maydonga qaytmasidan mavsum to‘xtatib qo‘yildi.

pogba

Nikolo Zanolo («Roma»)

«Roma» klubining 20 yoshli yarim himoyachisi joriy yilning 12 yanvar kuni «Yuventus»ga qarshi bahsda o‘ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat orttirib oldi. Zanoloning jarohatidan tiklanish jarayoni 7-8 oyni o‘z ichiga oladi.

zanolo

Eden Azar («Real»)

Belgiyalik futbolchi fevral oyi oxirida «Levante»ga qarshi kechgan bahs chog‘ida kutilmaganda oqsoqlanib qoldi va maydonni sheriklaridan ertaroq tark etishga majbur bo‘lgan. Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan tekshiruvlarda Azarning o‘ng oyoq suyagi yorilgani aniqlangan va taxminan 2 - 2,5 oyga safdan chiqqandi.

azar

Marko Asensio («Real»)

«Real»ning bu vakili esa o‘tgan yilning yozida «International Champions Cup» doirasida «Arsenal» klubiga qarshi kechgan bahsda jarohat olgan. 23 yoshli Asensioning chap oyoq tizzasining xochsimon suyagi singanligi va tashqi meniski yirtilgani aniqlangan. Fubolchi taxminan 8-9 oyga safdan chiqqandi.

asensio

Usmon Dembele («Barselona»)

Katalon superklubi futbolchisida joriy yil avvalida oyoq payining uzilishi kuzatilgan va u 11 fevral kuni jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng klub shifokori Dembelening tiklanish davri taxminan 6 oyga qadar davom etishini ma’lum qilgan.

dembel

Son Xyun Min («Tottenxem»)

«Tottenxem» klubining 27 yoshli hujumchisi fevral oyi o‘rtalarida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Janubiy koreyalik futbolchining o‘shanda o‘ng qo‘li singan. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazganidan so‘ng Son Xyun Min 6-8 haftaga safdan chiqqandi.

son

Garri Keyn («Tottenxem»)

«Tottenxem» klubining boshqa bir hujumchisi Garri Keyn esa joriy yilning dastlabki kunida «Sautgempton»ga qarshi bellashuvda sonidan qattiq jarohat olgan. Uning mashg‘ulotlarga qaytishi aprel, ya’ni, joriy oyga belgilangandi.

keyn

Leroy Sane («Manchester Siti»)

«Shaharliklar» jamoasi a’zosi Angliya Superkubogi uchun «Liverpul» bilan kechgan bahsda tizzasining xochsimon suyagini sindirib olgan va mart oyiga qadar safdan chiqqandi. E’tiborlisi, Sane jarohatidan tiklanishga va hatto «Manchester Siti» yoshlar jamoasida 1 ta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurgandi. Biroq oradan hech qancha o‘tmay APLda mavsum to‘xtatib qo‘yildi.

sane

Merix Demiral («Yuventus»)

Yanvar oyining oxirida «Yuventus» klubining 22 yoshli vakili juda jiddiy jarohatga yo‘liqdi – Merix xochsimon bo‘g‘imini sindirib oldi. Demiralning taxminan iyul oyi o‘rtalarida safga qaytishi kutilmoqda.

demiral

Lukas Torreyra («Arsenal»)

«Arsenal» klubining 24 yoshli o‘yinchisi mart oyida «Portsmut»ga qarshi kechgan bellashuv chog‘ida raqib o‘yinchisi bilan to‘p uchun kurashda maydonga quladi. Natijada Torreyraning o‘ng oyoq kafti singani aniqlangan. Shifokorlar futbolchining safga qaytishiga 10 hafta vaqt talab etilishini ma’lum qilgan.

torreyra

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!