Ule-Gunnar Sulsher Odion Igalo haqida nimalar dedi?

  • 20 fevral, 2020, 11:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoaning yangi forvardi Odion Igalo haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Igalo MYu uchun noodatiy hujumchi. U mashg‘ulotlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda. Odion ajoyib inson va haqiqiy professional. U markaziy hujumchi sifatida o‘z ishini juda yaxshi biladi. Igalo jamoaga tez moslashib ketishiga umid qilaman", - deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, Odion Igalo MYu tarkibida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda debyut qildi va klub tarixidagi birinchi nigeriyalik futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!