Uli Xyoness "Bavariya"dan ketdi
"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness o‘z lavozimidan ketdi.
Uning o‘rnini Gerbert Xayner egalladi. U ilgari Myunxen klubining kuzatuv kengashi raisi bo‘lgan.
Bundan tashqari, Xayner 2014 yili vaqtinchalik "Bavariya" prezidenti lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 67 yoshli Xyoness 2016 yilning noyabridan beri klub prezidentligida ishlab kelayotgan edi.



Fikrlar