Uluğbek Baqoev: "Buxoro"ning o‘yini menga yoqyapti"

  • 03.05.2026 09:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "So‘g‘diyona" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi

- Avvalo, "Buxoro"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib birinchi bo‘lib gol urdi, shundan keyin bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqishni xohlagandik. Ikkinchi taymda ular yana to‘p kiritdi. Lekin asosiy gap shundaki, "Buxoro" ikkinchi golni urishdan avval raqib o‘yinchisi bizning futbolchimizga jarohat yetkazdi, futbolchimiz maydonga yiqildi, hakam esa qoida buzilganini ko‘rmadi shekilli, o‘yinni davom ettirdi va raqib burchak zarbasiga ega bo‘ldi. Burchak to‘pidan keyin ikkinchi gol kiritildi.

Nima deyishim mumkin, hakamni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Bu vaziyatda hakam futbolning ustidan ochiqchasiga kuldi. Har bir jamoa o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi, mashg‘ulot o‘tkazadi, maydonga tushadi, lekin mana shunday epizodlar chiroyli bo‘lmagan holatni yuzaga keltirmoqda. Hakam g‘oyoki shu epizodni ko‘rmadi, lekin bu muhim vaziyat edi. Keyin raqib ikkinchi golni urdi va shundan keyin engil o‘ynashga o‘tdi. Biz hisobni qisqartirganimiz bilan boshqa to‘p kirita olmadik. Endi Kubok o‘yinlariga hozirlik ko‘ramiz.

- Buxorolik murabbiy sifatida "Buxoro" jamoasining hozirgi o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Jamoa kuchga tayanqan futbol namoyish etyapti. Maydonga tushgan har bir futbolchi nima qilish kerakligini bilyapti. Bugun ikkita teng kuchli jamoa o‘zaro kurash olib bordi, deb o‘ylayman. "Buxoro"ning o‘yini menga yoqyapti.

- Maydonga tushmagan Doriev haqida nima deya olasiz?

- U chigalyozdi mashg‘ulot payti jarohat oldi, UZI qilganimizdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!