Ulug‘bek Baqoev: "So‘g‘diyona"ning o‘yinidan to‘liq qoniqish xosil qilmayapman
"Bugun garchi g‘alabaga erishgan bo‘lsak-da, nimagadir namoyish etayotgan o‘yinimizdan to‘liq qoniqish xosil qilmayapman. Shu sababdan ishlashda, xatolarimizni bartaraf etishda davom etamiz.
Keyingi o‘yinlarda sifatli, chiroyli o‘yin ko‘rsatishga urinamiz. Bugun maydonda ter to‘kkan yigitlardan minnatdorman, lekin o‘yinimizdan to‘la qoniqmaganimni ta’kidlay olaman", - deb Baqoevning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.



Fikrlar