Ulug‘bek Mirzaevning "Andijon" klubi smetasi bo‘yicha hisobotini O‘FA komissiyasi ijobiy baholadi

  • 25 dekabr, 2022, 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Klublar yangi mavsum uchun ajratilayotgan byudjet mablag‘larini qanday va nimalarga sarflash yuzasidan O‘FAda maxsus tashkil etilgan komissiya a’zolariga hisobot bermoqdalar.

“Andijon” matbuot xizmati ushbu masala yuzasidan shunday xabar qildi:

“Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi «Futbol klublari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 261-sonli qaroridan kelib chiqib, Musobaqalar reglamentiga Superliga va Pro liga klublari yillik xarajatlari smetasini FIFA hamda OFK talablarini inobatga olgan holda O‘FA bilan kelishishi masalasi kiritilgandi. 

Futbol klublariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 2022 yilgi mavsum oldidan klublar ilk bor o‘z smetasini kelishish uchun O‘FAga taqdim etgandi. Endi ular 2022 yilgi smetadan o‘rin olgan mablag‘lar maqsadli sarf etilishi yuzasidan komissiya suhbatida bo‘ladi.

mirzaev ufa

Shu maqsadda klublar birma-bir yillik byudjet smetasini maxsus komissiya oldida himoya qilib chiqmoqdalar.

Bungacha bir qator jamoalar bu ishni bajargan bo‘lsa, endi navbatda “Andijon” jamoamizga ham etib keldi.

Davlat moliyasini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha iqtisod fanlari magistri, hozirda o‘zbek futbol klublari byudjetlarini takomillashtirish yo‘llari mavzusidagi ilmiy ish ustida ish olib borayotgan Ulug‘bek Mirzaev mazkur masala bo‘yicha o‘zining salohiyatini yana bir bor namoyish eta oldi.

Boisi, klubimiz bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev kuni kecha O‘FAda tashkil etilgan maxsus komissiya suhbatida bo‘lib, jamoamizning yillik byudjetini yil davomida qanday taqsimlanishi yuzasidan muvaffaqiyatli himoya qilib chiqdi.

mirzaev ufa1

“Andijon” klubining yillik smetasidan asosiy jamoa, U-21, U-19, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek, administratsiya, xizmat ko‘rsatuvchi personallar kabi 7 ta bo‘g‘in joy olgan. Ular uchun oyma-oy xarajatlar qanday taqsimlanishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Qolaversa, stadion maydonini yaxshilash, “projektor” masalasi bo‘yicha ham mablag‘larning o‘rinli sarflanishi raqamlarda keltirib o‘tildi.

E’tiborlisi, “Andijon” futbol klubining yillik smetasi shunday tuzilganki, unda behuda va ortiqcha sarf-xarajatlarga umuman yo‘l qo‘yilmagan. Sarflanadigan mablag‘lar faqat va faqat maqsadli tarzda yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan. Bu borada Ulug‘bek Mirzaev mablag‘larning tartibli, o‘rinli va eng muhimi, maqsadli tarzda sarflanishi bo‘yicha ko‘rsatmasi hamda xulosasiga ko‘ra, komissiya a’zolarida ortiqcha savollarga o‘rin qoldirmadi. Shuning uchun O‘FA komissiyasi barcha jabhalarda "Andijon" futbol klubining smetasi ma’qul ekanligini bildirishdi”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!