
Ulug‘bek Rashitov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Janubiy Koreyada taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. -68 kg vazn toifasida Ulug‘bek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g‘alabaga erishib, Osiyo chempioniga aylandi!
Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi. Shundan so‘ng chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Engbold Buyanshagai, yarim finalda eronlik Doniyol Bozorgishob ham mag‘lub etildi – 2:0.
Fikrlar