Umar Nurmagomedov ham, Shon O'Melli ham oktagonga qaytmoqda
Xabaringiz bor, 25 yanvar kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 324" turniri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, ushbu oqshomda rossiyalik MMA ustasi Umar Nurmagomedov va Braziliya vakili Deyvison Figeyredu o‘zaro kurash olib boradi. Kechaning yana bir jangida esa o‘ta engil vaznda UFC sobiq chempioni Shon O'Melli xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning markaziy to‘qnashuvida Jastin Getji va Peddi Pimblett engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishi belgilangan.



Fikrlar