Umar Nurmagomedov mag‘lubiyatida UFC aybdor!
UFC sobiq chempioni Aldjameyn Sterling rossiyalik Umar Nurmagomedovning so‘nggi mag‘lubiyati uchun asosiy javobgarlikni promoushen zimmasiga yukladi.
"Umar Mario Baustistaga qarshi juda qiyin jang o‘tkazgandi, endi esa hammamiz nima bo‘lganini ko‘rib turibmiz. Men bu haqida uning karerasi boshida, endigina UFC ga kelgan paytidanoq aytib kelaman. Jangchini raqiblar darajasini asta-sekin oshirib borish kerak. Shoshilish mumkin emas. Menimcha, UFC Nurmagomedovga yordam beraman deb, aksincha zarar qildi. Uni juda tez yuqori pog‘onalarga olib chiqishdi. Natijada hozirgi holat yuza ga keldi", — deya ta’kidladi Sterling o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov "UFC Shanghai" turnirida Song Yadongdan nokautga uchradi.

Fikrlar