Umar Nurmagomedov Mario Bautistaga qarshi jang oldidan muxlislarga murojaat qildi

  • 20.10.2025 21:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Rossiyalik MMA ustasi Umar Nurmagomedov 25 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan "UFC 321" turnirida amerikalik Mario Bautistaga qarshi jang oldidan muxlislarga murojaat qildi.

“Muxlislar bu to‘qnashuvni, albatta, ko‘rishlari kerak, chunki ikkita yuqori darajadagi "pancher" jangchi kim kuchliroq ekanini aniqlaydi. Siz bo‘lajak bahsda yangi Umarni ko‘rasiz”, - dedi rossiyalik sportchi.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov professional MMA da hozirga qadar 19 ta jang o‘tkazib, 18 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bautista esa 18 ta bahsning 16 tasida g‘alaba qozongan va 2 tasida mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!