Umar Nurmagomedov: “Merab Dvalishvili yilning eng yaxshi jangchisi unvoniga loyiq!”

  • 19 oktabr, 01:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik MMA ustasi Umar Nurmagomedov o‘ta engil vazn(61 kg)da UFC chempioni Merab Dvalishvili haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Menimcha, Merab yilning eng yaxshi jangchisi unvoniga loyiq. U hech kim qilmayotgan ishni bajardi, ya’ni yil davomida to‘rt marta chempionlik kamarini himoyalay oldi. Dvalishvili juda faol. Buni faqat men emas, hamma aytsa kerak”, — dedi Umar "Weighting In" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili (21-4) navbatdagi jangini rossiyalik Pyotr Yan(19-5)ga qarshi 8 dekabr kuni "UFC 323" turnirida o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!