Umar Nurmagomedov nega nokautga uchradi?

  • 01.09.2026 22:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik taniqli murabbiy Xavyer Mendes shogirdi Umar Nurmagomedovning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan xatoni aytib o‘tdi.

"Ochiği, hammasi shunchalik tez sodir bo‘ldiki, bir lahzaga hushimni yo‘qotib qo‘ydim. Shok holatida o‘zimga: “Nima bo‘ldi o‘zi?” deb savol berdim. Chunki Umarni juda yaxshi ko‘raman. Bilasizmi, sizga juda aziz bo‘lgan inson mag‘lub bo‘lsa, bu yanada og‘irroq qabul qilinadi. 

Xatoga kelsak, Song apperkot urishni ko‘zlagandi, o‘sha payti Umar teykdaun qilishga urindi va boshini chetga og‘dirdi. Natijada esa Yadongning zarbasi aynan muvozanat nuqtasiga tegdi", — deya Mendesning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" nashri.

Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 286" turnirida Song Yadong 2 raundda Umar Nurmagomedovni nokautga uchratdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!