Umar Nurmagomedov Song Yadongni o‘nta jangdan to‘qqiztasida mag‘lub etadi

  • 01.09.2026 21:33
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Genri Sehudo rossiyalik Umar Nurmagomedovning Xitoy vakili Song Yadongga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatini tasodifiy deb hisoblamoqda.

"Nurmagomedov shunchaki tasodifan zarba o‘tkazib yubordi. Bu hamma bilan sodir bo‘lishi mumkin edi. Ha, ba'zan seni bir zarbada "tutib olishadi". Biroq o‘n marta jang o‘tkazilsa, to‘qqiztasida Umar Songni o‘zi xohlagandek engardi.

Yana bir narsa bor. Nazarimda, Nurmagomedov o‘ta engil vazn toifasida oktagonga chiqish uchun juda ko‘p vazn yo‘qotishga majbur bo‘lyapti. Aynan mana shu sababli miyda suyuqlik kamayib, Umar osongiga hushidan ketgandir...", - dedi amerikalik "Pound 4 Pound" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Song Yadong "UFC Shanghai" turnirida Umar Nurmagomedovni 2 raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!