Umar Nurmagomedov: "Tanqid yoki shikoyatlar orqali titul jangiga yetib borish maqsadim yo‘q"
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov kelajakda promoushenda chempion bo‘lishiga shubha qilmayapti.
"Tanqid yoki shikoyatlar orqali titul jangiga yetib borish maqsadim yo‘q. Men raqobat va har bir jangda g‘alaba qozonishni istayman... Qanday bo‘lmasin, men kamar uchun kurashaman; men o‘sha eshikni taqillatyapman. Hozir esa kimga qarshi oktagonga chiqishim muhim emas, hatto chempion bo‘lganimda ham raqib tanlamayman", – dedi Nurmagomedov "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov 25 yanvar kuni "UFC 325" turnirida braziliyalik Deyvison Figeyreduga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar