Umar Nurmagomedov: “Xabib og‘ir safardan tunda uyga qaytgan bo‘lsa ham, kiyimini almashtirib yugurishga chiqardi"
Rossiyalik MMA ustasi Umar Nurmagomedov UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedovning haqida gapirdi.
“Xabib og‘ir safardan tunda uyga qaytgan bo‘lsa ham, kiyimini almashtirib yugurishga chiqardi. Agar kun davomida hech bo‘lmaganda bitta mashg‘ulot o‘tkaza olmasa, u tunda lapaga zarba berib mashq qilardi. U o‘zini butunlay ishiga bag‘ishlagan edi. Ochig‘ini aytsam, biz bunday emasmiz. Xabib mashg‘ulotlarga nisbatan haqiqiy muxlis edi. U ruhiy jihatdan ancha kuchli", — dedi Umar "UFC 321" turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov "UFC 321" turnirida Mario Bautistani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.



Fikrlar