Umar Nurmagomedovni 3 yilga Fransiyaga yuboring va u haqida unuting!
Javohir Malikov
Siril Ganning bosh murabbiyi kutilmagan natija yuzasidan o‘z fikrini bildirdi
Vaqtinchalik UFC chempioni Siril Ganning bosh murabbiyi Fernand Lopes Shanxaydagi turnirda qayd etilgan kutilmagan natija yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
"Umar murabbiyi Xabib bilan uch yilga Fransiyaga kelsin, shunda u mag‘lub etib bo‘lmaydigan jangchiga aylanadi. Agar Umarning zarba texnikasi juda yuqori darajaga chiqishini istasangiz, uni uch yilga Fransiyaga yuboring va u haqida unuting", — deb yozdi Lopes ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 286" turnirida Umar Nurmagomedov ilk bor muddatidan oldin yengildi. Uni mahalliy yulduz Son Yadong ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Izohlar (0)