Umar Nurmagomedovni nokaut qilgan Song Yadongga "vizov" tashlandi
O‘tgan yili texnik qaror bilan Song Yadongdan mag‘lub bo‘lgan Genri Sehudo RAF ligasida xitoylik jangchidan qasos olmoqchi.
"Yadong bilan jon deb kurashgan bo‘lardim. U "Real American Freestyle" musobaqasida ishtirok etishni xohlayotganini bilaman va uni bu yerda mamnuniyat bilan kutib qolaman.
Xullas, Song, senga xabarim bor, qo‘rqoq. Mayamidagi turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki hafta vaqting bor. Men buni hozirning o‘zidayoq oshkor aytyapman. Gap-so‘zlar hech narsaga arzimaydi. Chaqiriqni qabul qil va shartnomani imzola!" - dedi amerikalik "MMA Junkie" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Sehudo oxirgi bor UFC da Payton Telbottga qarshi oktagonga ko‘tarilib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar