Umarali Rahmonaliev “Sabah” tarkibida yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon kubogining final bosqichida “Sabah” va “Zire” jamoalari kuch sinashdi.
Bosh sovrin uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepadigan “Sabah” 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Rahmonaliev mazkur o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz avvalroq Ozarbayjon chempionatida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar