Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi

  • 10.11.2020 21:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

9 noyabr kuni BAA futbol assotsiatsiyasi prezidenti va Ajman shahri meri Rashid bin Xumaid Al-Nuaymi Dubay shahrida joylashgan ofisida Osiyo Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovni qabul qildi.

Umid Ahmadjonovga Osiyo Olimpiya qo‘mitasini xalqaro aloqalar bo‘yicha vakili hamda xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadigan Ziyovuddin Xojiniyozov hamrohlik qildi.

Tomonlar uchrashuv chog‘ida BAA futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish masalasini muhokama qildilar. Aytish kerakki, Umid Ahmadjonov anchadan beri BAA futbol assotsiatsiyasi bilan do‘stona munosabatda bo‘lib keladi. Suhbat chog‘ida, u BAAning mamlakatda, shu bilan birga Osiyo va jahonda futbolning rivojiga qo‘shayotgan hissasiga yuqori baho berdi.

Ahmadjonov2

Shuningdek, Umid Ahmadjonov bundan to‘rt yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ochiq eshiklar kuni siyosati va keng qamrovli islohotlar sabab O‘zbekistonda futbol, jumladan sportning barcha turlari shiddat bilan rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, u Osiyo Olimpiya qo‘mitasi prezidenti shayx Ahmad Al-Faxad Al-Saboh rahbarligi ostida qit’ada sport harakati, shuningdek, futbolning rivoji uchun katta ishlar olib borilayotganini aytib o‘tdi. Osiyo Olimpiya qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan turli to‘siqlardan qiyinchiliksiz o‘tish yo‘lida bir qator ishlar olib borilayotganini ham ta’kidladi.

Tomonlar bundan tashqari, o‘zaro bir qator boshqa masalalarni ham muhokama qildilar. Ular uchrashuv yakunida bundan keyin ham samarali hamkorlik olib borish umidida ekanliklarini ta’kidlagan holda xayrlashdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!