
"Umid qilamanki O‘FA insofga kelib, Kapadze nomzodida to‘xtashadi"
Rossiyalik mashhur jurnalist Aleksandr Troitskiy O‘FA hamda portugaliyalik murabbiy Paulo Bentu o‘rtasidagi muzokaralar haqida o‘z tahminlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Qiziq. O‘ylashimcha, Bentuga terma jamoani bir yil boshqarishni taklif qilishgan. Faqat JCh uchun. Portugaliyalik o‘z jamoasini qurish uchun uzoq muddatli shartnoma tuzishni istagan bo‘lsa kerak. Ammo, taxminimcha, yuqori maosh oladigan mutaxassis uchun ajratilgan byudjet faqat bir yilga (ehtimol, ikki yilga) mo‘ljallangan, ammo besh yilga emas.
Qolaversa, O‘FA va undan yuqoridagi tuzilmalarda ham noto‘g‘ri tushuncha borga o‘xshaydi: har qanday xorijlik murabbiy uchun JChga borish faxr va orzu deb o‘ylashar ekan. Aslida, JChda muvaffaqiyatsizlik, kuchsiz jamoa bilan bo‘lsa ham, obro‘ga putur etkazish, shuning uchun ham risk. Tavakkalchilik esa uzoq muddatli shartnoma bilan oqlanishi kerak. Bentu jahon chempionatida qatnashgan. Xuddi shu Janubiy Koreya bilan 1/8 da maydonga tushdim. Uni va boshqa top-mutaxassislarni bu yo‘l bilan yo‘ldan urib bo‘lmaydi.
Umid qilamanki, sport mutasaddilari insofga kelib, chet ellik murabbiylarni qidirishni tugatib, Kapadze nomzodida to‘xtashadi. Ruschada zo‘r maqol bor: Yaxshidan yaxshilik qidirilmaydi. Bu holat uchun juda mos", - dedi taniqli jurnalist o‘z "Telegram" kanalida.
Fikrlar